25 Iyul 2023 yil 404

Fargʻona shahrida “ogʻufurush" qoʻlga tushdi

Fargʻona shahar. 2023-yil 12-iyul kuni Fargʻona viloyati IIB TQX JQB , Fargʻona shahar IIO FMB TQX JQB va viloyat TVBSO xodimlari bilan hamkorlikda Beshbola mahalla hududida yashovchi T.Yu tezkor tadbir davomida, maxsus xaridorga 24.000.000 soʻm evaziga ikki boʻlak dumaloq shakldagi giyohvandlik moddasini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech