14 Avgust 2023 yil 694

Avtomashinasi oynasini sindirib pullarni oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Fargʻona shahar. Qoʻqon koʻchasida yashovchi fuqaro X.D IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 23-iyun kunidan 24-iyun kuniga oʻtar kechasi, noma’lum shaxs Qoʻqon koʻchasida qarovsiz qoldirilgan, “Nexia-3” rusumli avtomashinasi deraza oynasini sindirib, avtomashina salonidan 200 AQSH dollari va 600.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.Sh sodir etganligi aniqlanib,protsessual tartibida ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech