3 Oktyabr 2022 yil 388

Fargʻona shahrida “Malibu” avtomashina salonida boʻlgan antiradarni oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Fargʻona shahar.Al-Xorazmiy koʻchasida yashovchi S.X IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 09-sentabrdan 10-sentabrga oʻtar kechasi noma’lum shaxs yashash uyining yonida qarovsiz qolgan “Malibu” rusumli avtomashinasi salonida boʻlgan narxi 1.100.000 soʻmlik antiradarni yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni X.R sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech