31 May 2023 yil 400

Fargʻona shahrida “ogʻufurush qoʻlga tushdi

Fargʻona shahar. 2023-yil 25-may kuni Fargʻona shahar IIO FMB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Yangi-Zamon koʻchasida yashovchi Q.A Qirgili mavzesida joylashgan oshxona oldida 500.000 soʻm evaziga “Gashish” giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech