Fargʻona shahrida avtomashina olib berishni va’da qilgan shaxs aniqlandi
Fargʻona shahar. Fuqaro X.A IIBga murojaat qilib, unda 2020-yilning 5-dekabr kuni noma’lum shaxs ishonchiga kirib, 14.500 AQSH dollari evaziga avtomashina olib berishini aytib, pulni olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan pulni qoʻlga kiritganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni, I.A sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati