22 Iyul 2022 yil 372

Fargʻona shahrida ayolning xonadonini tunagan shaxs qoʻlga tushdi

Fargʻona shahar. A.Navoiy koʻchasida yashovchi A.G ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 16-iyul kuni noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadonidan narxi 500.000 soʻmlik tikuv mashinasi va 4.500.000 soʻmlik kalitlar toʻplamini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni Sh.F sodir etganligi aniqlanib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech