Fargʻona shahrida “Jentra” avtomashinasi salonidan 5.060.000 soʻm pullarini oʻgʻirlagan voyaga yetmagan shaxs aniqlandi
Fargʻona shahar. Fuqaro Sh.A IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 26-may kuni noma’lum shaxs Al-Fargʻoniy koʻchasida joylashgan muzqaymoqlar sotish shaxobchasi yonidagi avtomashinalar turish joyida qarovsiz qoldirilgan “Jentra” rusumli avtomashinasi salonida boʻlgan 5.060.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan Sh.O sodir etganligi aniqlanib, tergov haraktlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati