9 Noyabr 2022 yil 384

Fargʻona shahrida fuqaroning temir havozalarni ijaraga olib sotib yuborgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Fargʻona shahar.2022-yil avgust oyida T.T R.O.dan jami narxi 31.000.000 soʻmlik 30 dona temirdan yasalgan havozalarni ijaraga olib, boshqa shaxslarga sotib yuborib firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni oʻzini shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech