23 Dekabr 2022 yil 386

Fargʻona shahrida velosipedini oʻgʻirlatgan shaxs IIBga murojaat qildi

Fargʻona shahar. M,I IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 19-oktabr kunidan 20-oktabr kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs Guliston koʻchasida joylashgan fermer xoʻjaligida yer maydoni chetida qarovsiz qolgan narhi 1.200.000 soʻmlik velosipedini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni I.B sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech