Fargʻona shahrida kissavur qoʻlga tushdi
Fargʻona shahar. M.I ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda noma’lum shaxs nabirasi voyaga yetmagan K.S ismli qizni yashash xonadoni oldida qoʻlidagi sumkasi ichida boʻlgan narxi 1.500.000 soʻmlik “RedMI 9” rusumli uyali telefon apparatini kissavurlik yoʻli bilan oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “a” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni N.Sh sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati