Fargʻona shahrida ijarachi xonadondan televizor va konditsionerni oʻgʻirladi
Fargʻona shahar.U.O IIBga murojaat qilib, 20-avgust kunidan 12-sentabr kunigacha boʻlgan vaqt oraligʻida noma’lum shaxs Motrudiy koʻchasidagi xonadonida vaqtincha ijara asosida yashab, xonadondagi umumiy narxi 6.500.000 soʻmlik bir dona televizor va bir dona konditsionerini oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni K.Sh ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati