13 Iyun 2022 yil 388

Yozyovon tumanida taqiqlangan oʻsimliklarni parvarishlagan shaxs fosh boʻldi

Yozyovon tumani.2022-yilning 30-may kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Yoshlik mahalla hududida Oʻ.F.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, tomorqasida 32 tup koʻknori giyohvandlik oʻsimliklarini parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech