7 Oktyabr 2022 yil 387

Dangʻara tumanida dala yer maydonida qarovsiz qolgan velosipedni oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga olindi

Dangʻara tumani.M.M ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 13-avgust kuni noma’lum shaxs Shoʻr qishlogʻida joylashgan dala yer maydonida voyaga yetmagan oʻgʻliga tegishli narxi 350.000 soʻmlik velosipedini oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Dangʻara tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan shaxs M.A sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech