Beshariq tumanida avtomashina salonidan 500 AQSh dollari oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi
Beshariq tumani. Fuqaro P.A IIBga murojaat qilib, unda 2023 yilning 11 mart kuni nomaʼlum shaxs Nabi mahalla hududida qarovsiz qoldirilgan “Jentra” rusumli avtomashinasi salonidan 500 AQSh dollar pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan P.U sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati