Beshariq tumanida sandiq ichidan boʻlgan 1.000 AQSH dollar pullarini oʻgʻirlagan shaxs fosh boʻldi
Beshariq tumani. Toshariq mahalla hududida yashovchi Sh.Z ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 07-sentabr kuni noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib yashash xonadonidagi sandiq ichida boʻlgan 1.000 AQSH dollar pullarini oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi (oʻgʻirlik) “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan shaxs K.M sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati