28 Mart 2023 yil 432

Beshariq tumanida talonchilik sodir qilgan voyaga yetmagan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi  

Beshariq tumani. 22 mart kuni 2007 y.t. voyaga yetmagan K.M Eshon qishlogʻi hududida 2011 y.t. voyaga yetmagan I.N.ga tegishli boʻlgan narxi 1.500.000 soʻmlik “Samsung Galaxy A 21” rusumli telefon apparatini ochiqdan-ochiq talonchilik yoʻli tortib olib, qoʻlga kiritgan telefon apparatini boshqa shaxsga 700.000 soʻm evaziga sotib yuborib, pullarini shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Fargʻona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib oʻtadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech