2 Iyun 2022 yil 265

Bagʻdod tumanida taqiqlangan oʻsimliklarni parvarishlagan shaxs fosh boʻldi

Bagʻdod tumani.21-may kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Konazar mahalla hududida yashovchi E.D ismli ayolning yashash xonadoni tomorqasi xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, 29 tup “koʻknori” giyohvandlik oʻsimliklari yetishtiratganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Bagʻdod tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech