Oltiariq tumani 4 bosh qoʻylarni oʻgʻirlagan shaxslar qoʻlga tushdi
Oltiariq tumani.Fuqaro A.D IIBga murojaat qilib, unda 2022 yil 29 dekabr kunidan 30 dekabr kuniga oʻtar kechasi nomaʼlum shaxs Qiziltepa mahalla hududida joylashgan fermer xoʻjaligi ogʻilxonasiga gʻayriqonuniy ravishda kirib, 4 bosh narxi 16.000.000 soʻmlik qoʻylarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Oltiraiq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni M.M va Yu.M.lar sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati