Oltiariq tumanida taqiqlangan vositani sotgan shaxs qoʻlga tushdi
Oltiariq tumani. 2022-yilning 06-iyul kuni, tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, “Sharq” mahalla hududida joylashgan bogʻda X.B “gashish” giyohvandlik vositasini 500 000 soʻmga sotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati