Oltiariq tumanida “Lasetti” olib qochildi
Oltiariq tumani.7 may kuni soat 20:20 larda, noma'lum shaxs Kanalbo'yi ko'chasida joylashgan milliy taomlar oshxonasi oldida, eshiklari qulflanmagan yurgizish kaliti o'zida ochiq holda qarovsiz qoldirilgan O.Sh boshqaruvida bo'lgan, “Lasetti” rusumli avtomashinani olib qochib, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni I.A sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib o'tamiz, Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati