Uzum uchun pullarim qani?Uzum uchun pullarim qani?
22.02.2020 yil soat taxminan 19:20 larda 31 yoshli U.J., Oltiariq tumani Koʼlboʼyi MFYda joylashgan somsaxonada oʼzining tanishi boʼlgan X.А., bilan uchrashib, undan muqaddam 2019 yilning sentyabrь oyida olgan uzum mevalarining pulini soʼraganida 51 yoshli X.А., hozirda puli yuqligini, pul topsa qarzini berishini, hozircha kutib turishini aytganligi uchun oʼzaro janjallashib ketishgan.
Janjal davomida U.J.,ni qoʼli bilan yuz qismiga urib tan jarohati yetkazgan.
Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga koʼra X.А.,da aniqlangan tan jarohati hayot uchun xavfli boʼlgan ogʼir shikastlar toifasiga kirishi koʼrsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tuman IIB huzuridagi tergov boʼlinmasi tomonidan U.J.ga nisbatan Oʼz.R. JKning 104-moddasi 1-qismi (qasddan badan ogʼir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, ushbu jinoyatni sodir etgan U.J., JPKning 221-moddasi tartibida ushlanib, “qamoqqa olish” tarzidagi extiyot chorasi qoʼllanilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati