Oʻzbekiston tumanida avtomashina olib qochgan shaxslar qoʻlga olindi
Oʻzbekiston tumani. 04-yanvar kuni tungi soat 01:30 dan 02:30 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida O.S va S.A.lar bir guruh boʻlib, Tadbirkorlar koʻchasida yashovchi M.A.ning yashash xonadoni oldida qarovsiz qoldirgan oq rangli “Gentra” rusumli avtomashinasini kalit tanlash yoʻli bilan ochib, avtomashinani olib qochib, Namangan viloyatida yashovchi fuqaroning yashash xonadoniga olib borib, unga ushbu avtomashinani jinoiy yoʻl bilan qoʻlga kiritganligini aytmasdan sotib ketishganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “b” bandi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ularga nisbatan sud tomonidan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati