Oʻzbekiston tumanida “Marixuana” giyohvandlik moddasi saqlagan shaxs aniqlandi
Oʻzbekiston tumani. 03-avgust kuni tuman oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Dehqonobod MFY hududida yashovchi R.R.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, tomorqasidagi bodom daraxtiga yulingan va quruq holdagi “kannabis” giyohvandlik oʻsimliklar osib qoʻyilganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati