Oʻzbekiston tumanida gashish giyohvandlik moddasi sotgan shaxs qoʻlga tushdi
Oʻzbekiston tumani.14-oktabr kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Kichik Tagob mahalla hududida joylashgan oshxona oldida X.X 200.000 soʻm pul evaziga giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida ushlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati