14 Aprel 2020 yil 754

Oʼzbekiston tumanida avtomashina firibgari qoʼlga olindi

Oʼzbekiston tumani. Tumanda yashovchi S.X. tanishi O.X.ning ishonchiga kirib, unga tegishli boʼlgan “Lasseti” rusumli avtomashinasini 11.100 АQSh dollariga sotib olishini aytib aldab, 2.500 АQSh dollarini berib, avtomashinani X.I.ga sotib yuborib, qolgan 8.600 АQSh dollarini bermasdan, pullarni oʼz ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Shuningdek, S.X. tanishi N.А. ishonchiga kirib “Lasseti” rusumli avtomashinasini 13.500 АQSh dollariga sotib olishini aytib aldab, 2.000 АQSh dollari berib, avtomashinani R.Yo.ga sotib yuborib, pullarini oʼz ehtiyojlari uchun sarflab yuborgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Oʼzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, S.X.ga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan.

Eslatib oʼtamiz, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida koʼrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.




Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech