26 Dekabr 2021 yil
1228
“Uzbekistan GTL” zavodi ishga tushirildi, yana bir korxonaga tamal toshi qo‘yildi
Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanida “Узбекистан ГТЛ” zavodining ochilish marosimi boʻldi.Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzladi.
Marosim doirasida yana bir korxona - Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatini 3 barobarga kengaytirish boʻyicha loyiha qurilishiga ham start berildi.
Davlatimiz rahbari yangi korxona qurilishiga tamal toshi qoʻydi.
Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryoga safari yakunlandi, davlatimiz rahbari Toshkent shahriga qaytib keldi.