Uyali telefonni qoʼlga kiritgan shaxsga jinoyat ishi qoʼzgʼatildi
Beshariq tumani. 2020 yil 15 mart kuni B.M. Xalqlar Doʼstligi mahallasida M.D. ning ishonchiga kirib, unga tegishli boʼlgan “SAMSUNG J4” rusumli, narxi 1.500.000 soʼmlik uyali telefon apparatini qoʼngʼiroq qilib olish bahonasida olib, hodisa joyidan yashiringan va telefon apparatini boshqa shaxslarga sotib, pullarini oʼz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar!
Uyali telefon apparatingizni oʼzingiz tanimagan shaxslarga bermang. Аks holda firibgarlar qurboniga aylanib qolishingiz mumkin.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati