Uyali telefon apparatini aldov yo'li bilan qo'lga kiritgan shaxs javobgarlikka tortildi
Farg'ona shahar.2022 yilning 09 yanvar kuni O.A IIBga murojaat qilib, unda 2021 yilning 02 yanvar kuni noma'lum shaxs Sanoat ko'chasida joylashgan kompyuter o'yingohida ishonchiga kirib, narxi 1.500.000 so'mlik “Redmi 7” rusumli uyali telefon apparatidan vaqtincha foydalanib, so'ng qaytarib berish uchun olib, bergan va'dasini bajarmasdan aldov yo'li bilan uyali telefon apparatini qo'lga kiritganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg'ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni K.Yo sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo'lishini esdan chiqarmang.
Yuqorida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati