17 Fevral 2022 yil 380

Yaxshilik qilaman deb firibgarga chuv tushmang

Toshloq tumani. 13-fevral Gʻ.X ismli ayol IIBga murojaat qilib, Unda 2022-yilning 6-yanvar kuni noma’lum shaxs uning ishonchiga kirib, narhi 1 500 000 soʻmlik uyali telefon apparatidan vaqtincha foydalanib, soʻng qaytarib berishini aytib olib, aldov yoʻli bilan uyali telefon apparatini qoʻlga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Andijon viloyatida yashovchi Yu.N sodir etganligi aniqlanib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Fuqarolarimizdan oʻzlari tanimagan, bilmagan shaxslariga narsa buyumlarini ishlonib topshirmasliklarini soʻrab qolamiz.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech