Uy olib berishni vaʼda bergan firibgar qoʼlga olindi
Fargʼona shahri. 2020 yil fevralь oyida S.D. Charxiy koʼchasida yashovchi tanishi M.А.ga Fargʼona shahrida qurilayotgan koʼp qavatli uylarning biridan xonadon olib berishni vaʼda qilib, 76 000 000 soʼm, yaʼni koʼp miqdordagi pullarini firibgarlik yoʼli bilan qoʼlga kiritib, pullarni oʼz ehtiyojiga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʼona shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, S.D.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Fargʼona viloyat IIB fuqarolardan firibgarlarga aldanib qolmaslik uchun uy olish masalasida davlat organlariga belgilangan tartibda murojaat qilishlarini yoki barcha harakatlarni notarial idoralar orqali amalga oshirishni soʼrab qoladi.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati