24 Iyun 2025 yil 891

Quvasoyda ayollar xavfsizligi ta’minlanmoqda: tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi qat’iy choralar ko‘rilmoqda

Quvasoy shahrida xotin-qizlar va oilalar o‘rtasida huquqbuzarlik hamda jinoyatchilikni oldini olish maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar jamiyatda ayollar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan muhim tashabbuslar sirasiga kiradi. Yo‘l xaritasi doirasida quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:

Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollarga himoya orderlari berilishi – bu orqali ayollar huquqiy jihatdan himoyaga olinadi.

Zo‘ravonga nisbatan rasmiy ogohlantirish berilishi – bu jinoyatning oldini olish bo‘yicha dastlabki ta’sir chorasidir. Agar u qaytadan zo‘ravonlikka qo‘l ursa, unga nisbatan qattiqroq huquqiy choralar ko‘riladi.

Jabrlangan ayollarni “Ye-ximoya” mobil ilovasidagi SOS xizmatlariga ulash – bu ayollarga xavfli vaziyatlarda tezkor yordam chaqirish imkonini beradi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech