27 Oktyabr 2021 yil 487

Quvasoy shahrida avtomashinadagi yoʻlovchi “gashish” giyohvandlik vositasini saqlab kelayotganligi aniqlandi

Quvasoy shahri. 25-oktabr kuni shahar IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Yu.Muyan MFY hududida yashovchi K.I boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashinasini Koʻprikboshi koʻchasida toʻxtatib, avtomashinada yoʻlovchi sifatida ketayotgan K.K.ni yonini xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, “gashish” giyohvandlik vositasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olindi.

Holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech