Quva tumanida velosiped oʻgʻrisi qoʻlga tushdi
Quva tumani. 24-may kuni Qayqubod koʻchasida yashovchi U.M ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 23-may kunidan 24-may kuni oʻtar kechasi, Qayqubod koʻchasida joylashgan koʻp qavatli uyning kirish eshigi oldida boʻlgan 1 dona narxi 1.100.000 soʻmlik boʻlgan velosepedini no’malum shaxs oʻgʻirlab ketganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni A.Q sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati