22 Dekabr 2021 yil 810

Quva tumanida olib borilgan profilaktik tadbirlar

Fargʻona viloyati IIB hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Quva Dehqon bozori” AJdagi ishchi-xizmatchilar, sotuvchilar va xaridorlarni jalb qilgan holda botulizm, oziq-ovqatdan ommaviy zaharlanish holatlarini hamda yongʻinlar va is gazidan zaharlanish holatlarining kelib chiqish sabab va oqibatlari boʻyicha zaruriy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, tuman XTBga qarashli 9-umumiy oʻrta ta’lim maktabida oʻquvchi yoshlarga kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish, is gazidan va ovqatdan zaharlanish (botulizm) kasalliklarini oldini olish boʻyicha tushuntirishlar berildi.

Oʻquvchi yoshlarga yangi yil bayramini oila davrasida pirotexnika vositalarsiz oʻtkazishlari boʻyicha kerakli tavsiyalar berilib, agar bunday holatlar aniqlansa ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishlari boʻyicha ogohlantirildi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech