Quva tumanida xonadonga oʻgʻirlikka tushgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Quva tumani. 23-noyabr kuni Katta qishloq MFY hududida yashovchi fuqaro M.A IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadon mehmonxonasidan 1.000.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlaganligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni R.O sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati