17 Dekabr 2021 yil 420

Quva tumanida xonadondan pul va tilla-taqinchoqlarni oʻgʻirlagan shaxs fosh boʻldi

Quva tumani. 16-noyabr kuni Qayirma MFY hududida yashovchi fuqaro N.A IIBga murojaat qilib, unda shu kuni yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonasida boʻlgan narxi 4.000.000 soʻmlik 4 dona tilla uzuklari va 300.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.M sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech