Quva tumanida xonadondan ovoz kuchaytirgich moslamasini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga olindi
Quva tumani. 22-avgust kuni Jalayer MFY hududida yashovchi J.U IIBga murojaat qilib, unda 21-avgust kuni yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadon hovlisidagi soʻrida boʻlgan narhi 5.000.000 soʻmlik ovoz kuchaytirgich moslamasini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi g“” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Yu.I sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati