2 Iyul 2022 yil 389

Ustaxonadan “Ipone X-S” ва “Ipone X-9” rusumli uyali telefon apparatlarini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Dangʻara tumani. Toʻlaboy mahallasi hududida yashovchi fuqaro S.M IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 05-iyun kunidan 18-iyun kunigacha boʻlgan vaqt oraligʻida noma’lum shaxs yashash xonadoni oldida joylashgan ustaxonasiga gʻayriqonuniy ravishda kirib, jami 6.500.000 soʻmlik “Ipone X-S” ва “Ipone X-9” rusumli uyali telefon apparatlarini yashirin ravishda oʻgʻrilab hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Dangʻara tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni U.D sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech