Qoʻshtepa tumanida qurilish mollarini sotib olib, pulini avtomashinasidan olib kelib berishni bahona qilib ketib yuborgan shaxs qoʻlga olindi
Qoʻshtepa tumani. 31-iyul kuni X.J. IIBga murojaat qilib, unda iyun oyi boshlarida noma’lum shaxs B.Margʻiloniy koʻchasida joylashgan savdo majmuasiga kelib, undan 1.597.000 soʻmlik qurilish mollarini olib, pullarni avtomashinasidan olib kelib berishini aytib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan qurilish materiallarini olib ketib yuborganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻshtepa tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.A. sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati