Qoʻshtepa tumanida “kannabis giyohvandlik oʻsimliklarini parvarishlab kelayotgan shaxs aniqlandi
Qoʻshtepa tumani. 20-avgust kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Qumtepa MFY hududida yashovchi J.Q.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, tomorqasida “kannabis giyohvandlik oʻsimliklarini parvarish qilib kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Holat yuzasidan Qoʻshtepa tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi. Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati