Oʼgʼrilar niyatiga yeta olishmadi
2020 yil 23 yanvar kunidan 24 yanvar kuniga oʼtar kechasi Uchkoʼprik tumani Tojik MFY Qoʼqonboy qishlogʼi hududidagi savdo doʼkonida oʼgʼirlik jinoyati sodir etildi.
Toʼrt nafar shaxs oldindan oʼzaro til biriktirib, voyaga etmagan J.R boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinada savdo doʼkoni yoniga kelib, yashirin ravishda ichkariga kiradilar.
Shundan soʼng ular 300.000 soʼm pul mablagʼi va 6.156.000 soʼmlik turli mahsulotlarni yashirin ravishda talon-toroj qiladi. Аmmo shu hududda yashovchi fuqarolardan biri voqeani koʼrib qolishi natijasida oʼgʼrilar qilmishlarini oʼzlariga bogʼliq boʼlmagan holda yakuniga yetkazolmay, qochib ketishga muvaffaq boʼlishadi.
Tuman IIB xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor qidiruv-surishtiruv tadbiri davomida ushbu jinoyatga qoʼl urgan shaxslar aniqlandi va ularga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi JKning 25, 169-moddasi 2-qismi “v,g” bandlari bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatildi.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati.