24 Aprel 2020 yil 714

Qoʼqonda qurbonli yoʼl-transport hodisasi sodir boʼldi

Qoʼqon shahri. 22 aprel kuni V.А. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinasini Farobiy koʼchasida boshqarib ketayotib, velosipedchi T.J.ni urib yuborishi oqibatida T.J. tan jarohat olib, shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʼqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʼtamiz, Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismida koʼrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech