21 Avgust 2021 yil 408

Qoʻqon shahrida uyali telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxs fosh boʻldi

Qoʻqon shahri. 28-aprel kuni fuqaro Oʻ.M IIBga murojaat qilib, unda shu kuni Navbahor koʻchasida joylashgan savdo kompleksida narhi 2.000.000 soʻmlik “Red Mi-8” rusumli telefon apparatini ehtiyotsizligi oqibatida yoʻqotganligini bildirgan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, 28-aprel kuni noma’lum shaxs Navbahor koʻchasida joylashgan savdo kompleksidagi savdo rastasi ustida qarovsiz qoldirilgan Oʻ.M.ning “Red Mi-8” rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlaganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni I.R sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech