3 Iyun 2022 yil 299

Qoʻqon shahrida pullarni talonchilik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan shaxs ushlandi

Qoʻqon shahri. 31-may kuni 1990-y.t. J.O ismli shaxs A.Xoʻqandiy mavzesida joylashgan bekat yonida  T.Shning boshqaruvida boʻlgan “Neksiya-1” rusumli avtomashinasini toʻxtatib, uning hayoti uchun xavfli boʻlmagan zoʻrlik ishlatib mashina oʻrindigʻida boʻlgan 11.600.000 soʻm pullarini T.Sh.ning qarshiligiga qaramasdan talonchilik yoʻli bilan ochiqdan-ochiq talon-taroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib protsessual tartibda ushlangan.

Fargʻona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib oʻtadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech