Qoʻqon shahrida tanishini tilla-taqinchoqlarni sotib berishni va’da qilib aldagan ayolga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Qoʻqon shahar. 11-yanvar kuni R.A IIBga murojaat qilib, unda 09-yanvar kuni noma’lum shaxs internet ijtimoiy tarmogʻidagi “ОLХ” kanaliga sotish maqsadida joylashtirgan qimmatbaho soatlarini sotib olishini aytib, pullarini plastik kartasiga oʻtkazib berishini aytib, plastik kartasini maxfiy kodini qoʻlga kiritib plastik kartasida boʻlgan 527.000 soʻm pullarini boshqa plastik kartasiga oʻtkazish orqali talon-toroj qilganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni T.A sodir etganligi aniqlanib, sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati