3 Iyun 2022 yil 360

Qoʻqon shahrida “soxta advokat” javobgarlikka tortildi

Qoʻqon shahri.E.N ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning noyabr oyida noma’lum shaxs Turkiston koʻchasida joylashgan shahar IIB binosi oldida ishonchiga kirib, oʻzini advokat deb tanishtirib, qaynisinglisi X.S.ni qamalib qolmasligini va’da qilib, undan 8.000 AQSH dollari miqdoridagi pullarini olib, firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni X.Q sodir etganligi aniqlangan.

Hozirda unga nisbatan sud tomonidan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech