30 Avgust 2021 yil 417

Qoʻqon shahrida savdo rastasi ustida qarovsiz qoldirilgan uyali telefon apparatini oʻgʻirlagan ayol qoʻlga tushdi

Qoʻqon shahri. 25-avgust kuni S.N. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma’lum shaxs Z.Validiy koʻchasida joylashgan savdo kompleksidagi savdo rastasi ustida qarovsiz qoldirilgan narhi 1.800.000 soʻmlik “САМСУНГ A12” rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlaganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni G.Sh ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech