Qo‘qon shahrida savdo kompleksida qarovsiz turgan uyali telefon apparatini o‘g‘irlagan shaxs aniqlandi
Qo‘qon shahri. 29 noyabr kuni M.O IIBga murojaat qilib, unda 27 noyabr kuni nomaʼlum shaxs Navbahor ko‘chasida joylashgan savdo kompleksida matolar sotish joyida qarovsiz qoldirilgan narhi 2.500.000 so‘mlik “Red Mi-9” rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganini maʼlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Q.Sh sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, o‘z mol-mulkingiz, pul mablag‘laringizni ehtiyot qiling! Bu bilan o‘g‘irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo‘shgan bo‘lasiz.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati