Qoʻqon shahrida “Матиз” avtomashinadan “Gashish” giyohvandlik moddasi topildi
Qoʻqon shahar.2022-yilning 05-avgust kuni shahar IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida Gʻishtkoʻprik mahalla hududidagi kollej olida turgan “Матиз” rusumli avtomashinasida tushgan R.M.ning yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, “Gashish” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati