Qoʻqon shahrida giyohvandlik moddasini saqlagan voyaga yetmagan shaxs aniqlandi
Qoʻqon shahar.17-noyabr kuni Fargʻona viloyati IIB 2-mintaqaviy hudud PPX otryadi xodimlari xizmat olib borish davomida, A.T.Huqandiy mavzesida joylashgan koʻp qavatli uy oldida toʻxtab turgan “Matiz” rusumli avtomashina ichida oʻtirgan voyaga yetmagan R.A.ga oʻzlarini tanishtirib, oʻzini shubxali tutgani bois uni yoni va avtomashinasi xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, avtomashina salonidan 1 dona pichoqqa yopishtirilgan gashish giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati